Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya aralashuvi bilan xodimlar ishga tiklandi
09:18 / 2023-07-27

Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan bir guruh fuqarolarning mehnat huquqlari buzilganligi, ya’ni mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari o‘rganildi.

–O‘rganish jarayonida Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi xodimlari F.R., G.Sh., N.H lar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish jarayonida 2023 yil 30 aprelgacha amalda bo‘lgan Mehnat kodeksining 25, 101, 102, 108-moddalariga amal qilinmaganligi aniqlangan, – deydi Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘’basi boshlig‘i Tuyg‘un Azimov.

– Natijada Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga 2023 yil 28 aprel kuni qonun buzilish holatlarini bartaraf etish hamda xodimlarni ishga tiklash bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan. 

Taqdimnoma Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib, boshqarma boshlig‘ining 2023 yil 17 maydagi tegishli buyrug‘i bilan xodimlarga progul kunlari uchun oylik ish haqlarini to‘lash va avvalgi lavozimlariga tiklash belgilandi.

Zarif Komilov, O‘zA