Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya aralashuvi bilan to‘lovlar undirildi
16:55 / 2022-04-11

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani adliya bo‘limi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tuman tibbiyot birlashmasida sayyor qabul tashkil qilindi.

Natijada 10 nafar tibbiyot xodimlarining ko‘p yillik ish staji va malaka toifasi uchun ustama to‘lab berilmaganligi aniqlandi. Jumladan, fuqaro D.R tuman tibbiyot birlashmasida tez yordam feldsheri vazifasida ishlab kelayotganligi, unga joriy yil yanvar oyidan uzluksiz ish staji uchun tarif stavkasiga 315 ming 999 so‘m ustama to‘lab berilmagan. Shu kabi 8 nafar tibbiyot xodimlarga ustamalar to‘lab berilmaganligi holatlari aniqlangan. 

Bundan tashqari, tibbiyot birlashmasining UASH bo‘limi statisti fuqaro S.E ga 2022 yil yanvar oyidan malaka toifasi uchun ustama olish huquqi vujudga kelgani holda unga 262 ming 810 so‘m ustama to‘lanmagan.  

Murojaatlarni o‘rganish davomida, tuman tibbiyot birlashmasiga jami 1 million 878 ming 246 so‘mlik ustamalarni to‘lab berish haqida taqdimnoma kiritildi. Natijada to‘lovlar undirilib berishi ta’minlandi.  

Zarif Komilov, O‘zA