Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchilarning ustamalari to‘landi
09:00 / 2023-08-03

Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilarning ustama to‘lovlari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari o‘rganildi.

–O‘qituvchilar U.B hamda boshqalarga respublika olimpiadasida g‘olib bo‘lishiga qaramasdan ustama to‘lovlari to‘lanmaganligi aniqlandi, – deydi boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘’basi boshlig‘i T.Azimov. – Mazkur to‘lovlarni undirish bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan. 

Prezidentimizning 2019 yil 3 maydagi 4306-sonli “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanishi ko‘rsatilgan.

Sudning hal qiluv qaroriga asosan 3 nafar o‘qituvchiga 72.875.113 so‘m miqdorida ustama to‘lovlari undirilishi belgilandi.

Zarif Komilov, O‘zA