Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya aralashgach xodimlarga ustamalar to‘lab berildi
14:36 / 2023-06-09

Prezidentimizning 2021 yil 11 yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar mehnatini yanada rag‘batlantirish, bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish hamda joylarda malakali kadrlarning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib sharoitlar yaratishda muhim dasturilamal bo‘ldi.

– Adliya tizimi xodimlari tomonidan Prezident farmon va qarorlari, shuningdek, hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, tahlil qilib boriladi, – deydi Nurota tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Umid Suvonov. – O‘rganishlar jarayonida A.Asadov va yana tumandagi 5 tog‘ etaklaridagi maktablarning 7 nafar o‘qituvchisiga qonunchilikda belgilangan bir martalik boshlang‘ich yordam va har oyda to‘lanadigan uy-joy ijara haqi pullari to‘lanmaganligi aniqlangan. Natijada adliya aralashuvi bilan sud qarorlari orqali o‘qituvchilarga jami 105 million so‘m miqdorida pul mablag‘lari to‘lab berilishi ta’minlandi. Ayni kunda tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan xuddi shu mazmundagi 60 dan ortiq murojaatga ijobiy yechim topilgan.  

Shuningdek, tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining ayrim xodimlari uchun moddiy yordam, mukofot pullari to‘lab berilmaganiligi ma’lum bo‘ldi. Natijada tizim mutasaddilariga taqdimnoma kiritilib, 3 nafar xodimga 50 million so‘m to‘lab berildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA