Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya aralashgach xodimga ustama puli to‘lab berildi
15:06 / 2022-02-09

Buxoro viloyati Buxoro tumani «Turkon» mahalla fuqarolar yig‘ini Turkon qishlog‘ida yashovchi fuqaro Fazliddin Sharipov Prezidentimizning 2018 yil 19 fevraldagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoniga muvofiq har oylik ustama hisoblab to‘lab berilmaganligi xususidagi ariza bilan tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi.

Murojaat tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Natijada tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2021 yil 5 fevraldagi buyrug‘iga asosan Sharipov Fazliddin Fozilovich bo‘limning ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘’basi metodisti vazifasiga ishga qabul qilinganligi, hozirgi kunga qadar faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Xodim Fazliddin Sharipovning oylik ish haqiga farmonga muvofiq to‘lab berilishi lozim bo‘lgan 29 million 676 ming 834 so‘m so‘mlik ustama to‘lab berilmay kelganligi aniqlandi. Vaholanki, mazkur farmonining 7-bandida 2018 yil 1 iyundan «Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;” deb yozib qo‘yilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida» gi Nizomga asosan taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga tegishli tartibida ariza kiritildi.  

Sud qaroriga asosan tuman xalq ta’limi bo‘limi zimmasiga bo‘limning AKTni joriy etish sho‘’basi metodisti vazifasida ishlab kelgan F.Sharipovning foydasiga 29 million 676 ming 834 so‘mlik ustama to‘lab berilishi ta’minlandi.  


Zarif Komilov, O‘zA