Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya aralashgach, pensiya summasi oshirildi
19:27 / 2021-06-10

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “So‘fiyon” mahallasida istiqomat qiluvchi Gulbahor aya Boqiyeva 4 farzandning onasi, 7 nabiraning buvisi. Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasida, uzoq yillar Alisher Navoiy jamoa xo‘jaligida ishlagan. Mazkur davrlarda ish haqi to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlar arxivga taqdim etilmaganligi sababli ish stajiga qo‘shilmagan.

– Pensiyaga chiqdim, endi hordiq chiqaraman, mehnatimni rohatini ko‘raman, deb turganimda pensiya pulim juda kam chiqdi, – deydi G.Boqiyeva. – To‘g‘risi, kayfiyatim tushib ketdi. Keyin qo‘shnimning maslahati bilan tuman adliya bo‘limiga murojaat qildim. Baraka topsin adliya xodimlari meni ortiqcha ovora qilmadi. O‘zlari hujjatlarimni yig‘ib, faqat sudda ishtirok etdim, xolos.

– “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida yoshga doir pensiya olish huquqiga ayollar 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘lishi, qonunning 8-moddasida esa pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanishi belgilangan, – deydi Qiziltepa tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Abduvali Asadov. 

– Shuningdek, qonunning 27-moddasida pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun yoshga doir pensiya yoshga doir pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida oshirilishi belgilangan.

Tuman adliya bo‘limi aralashuvi natijasida G.Boqiyevaning pensiyaga chiqishida arxivdan topilmagan hujjatlari sud qarori bilan qayta tiklanib, uning pensiya summasi tegishli tartibda oshirilishiga erishildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA