Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya: 224 hujjatda 650 dan ortiq korrupsiyaviy omil aniqlandi
11:08 / 2022-03-11

Yangi tahrirda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertiza bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan ham o‘tkazilishi shartligi to‘g‘risida qat’iy norma belgilandi.

Shu asosda “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.

Aholidan shu yo‘nalishda turli savollar paydo bo‘lmoqda. Ularga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva aniqlik kiritdi.

Korrupsiyaviy omillarni aniqlashda cheklist tartibi joriy etilgani aytilgan edi. Bu qanday amalga oshiriladi?

“Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan cheklist to‘ldirish orqali korrupsiyaviy omillarni aniqlashni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etildi.

Bunda, hujjatning har bir normasi va qoidasi tahlil qilinib, korrupsiyaviy omil bor yoki yo‘qligi cheklistda aks ettiriladi.

Cheklist – bu normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha namunaviy shakldagi savolnoma hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazish natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist loyihaning jamoatchilik muhokamasi, idoralararo kelishuv, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bosqichlarida loyihaga ilova qilinadi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza kim tomonidan o‘tkaziladi?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga qarshi ekspertiza loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi ishlab chiquvchi va loyiha huquqiy ekspertiza o‘tkazish uchun kelib tushganda esa adliya organlari tomonidan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga korrupsiyaga qarshi ekspertiza normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi, shuningdek, loyihalar kelishilishi lozim bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin.

Shuningdek, Prezidentimizning 2021 yil 22 oktyabrda qabul qilingan qaroriga asosan ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish huquqi berildi.

Bunda ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqishi belgilandi.

Qonun hujjatlari loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish nechta bosqichda amalga oshiriladi?

– Qonun hujjatlari loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi besh bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi босқичда normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, ishlab chiquvchi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi, natijasi bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi.

Ikkinchi босқичда loyiha va cheklist jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

Uchinchi босқичда ishlab chiquvchi tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish natijalari bo‘yicha qayta ishlangan loyiha, cheklist va boshqa zarur materiallarni huquqiy ekspertiza o‘tkazish uchun adliya organlariga kiritiladi.

To‘rtinchi босқичда esa adliya organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha xulosa taqdim etiladi.

So‘nggi босқичда ishlab chiquvchi loyiha, cheklist va boshqa zarur materiallarni Vazirlar Mahkamasi yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi davlat organiga kiritadi.

Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Adliya vazirligi tomonidan bu borada Vazirlar Mahkamasining “2022 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Natijada amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijasida 190 ta qonunchilik hujjatlarining 51 tasida 139 korrupsiyaviy omil aniqlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, Adliya vazirligi tomonidan 2021 yilda амалдаgi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 800 dan ortiq qonunchilik hujjati korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi. 224 ta yoki 28 foiz hujjatda 650 dan ortiq korrupsiyaviy omil aniqlandi.

Shu bilan birga “adliya_korrupsiyasizqonun_bot” nomli maxsus bot ishga tushirildi. Ushbu bot orqali qonunchilik hujjatlaridagi mavjud korrupsiyaviy normalar hamda byurokratik to‘siq va cheklovlar yoki asossiz xarajatlarga olib keluvchi qoidalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilinmoqda.

N.Abduraimova, O‘zA