Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ADL a’zosi Jazoir sammitida qatnashadimi?
15:18 / 2022-08-01

Noyabr oyida Jazoirda bo‘lib o‘tadigan Arab davlatlari Ligasi (ADL) navbatdagi sammitida Suriyaning ishtiroki masalasi a’zo mamlakatlar o‘rtasida kelishmovchilik keltirib chiqardi. Bu haqda Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun bayonot berdi.

“Suriyaning ADL sammitida qatnashish-qatnashmasligi masalasi arab davlatlari orasida muhokama mavzusi bo‘ldi. Huquqiy nuqtai nazardan Suriya liga asoschilaridan biri hisoblanadi va bu mamlakatning yig‘ilishda ishtirok etishi normal holat sifatida qabul qilinishi kerak. Binobarin, siyosiy tomondan ba’zi anglashilmovchilik holatlari ham bor”, dedi yetakchi.

Sammit 1-2 noyabr kunlariga belgilangan. Jazoir oxirgi marta 2005 yil bunday yig‘ilishga mezbonlik qilgan.

O‘zA