Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adiz Boboyev deputatlikka saylandi
18:05 / 2026-02-17

15-fevral kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi Urgut tumanidagi 58-Jozmon saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa deputatlik saylovi o‘tkazildi.

Bugun Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi ushbu saylov natijalari to‘g‘risida qaror qabul qildi.  

Unga ko‘ra, saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston-liberal demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod, viloyat hokimi Adiz Boboyev boshqa nomzodlarga nisbatan eng ko‘p ovoz olib, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati etib saylandi va deputat sifatida ro‘yxatga olindi.  

Hududiy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan deputatga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishoni beriladi.

G‘.Hasanov, O‘zA