Bugun, 10 fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi OAV vakillari uchun Adiyaman viloyatiga press-tur tashkil qildi.
Ayni paytda jurnalistlar dasturga muvofiq, Adiyaman viloyati hokimligida matbuot anjumanida ishtirok etyapti.
Savol-javob shaklida o‘tayotgan uchrashuvda viloyat hokimi Osman Varal zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan viloyatdagi uylarni tiklash, shuningdek, maktab, sport maydonchalari va ish ofislarini yangidan qurish, aholiga ko‘rsatilayotgan yordam xususida axborot bermoqda.
Hududda jami 45 ming 305 nafar turar joyga haqli aholi bor. Kuni kecha 2 ming 798 xonadon uz sohiblariga topshirildi.
Qayd etish kerak, Adiyaman barcha zilzila zonasidagi shaharlar orasida sug‘urtalanganlar soni bo‘yicha yo‘qotishlarni eng tez bartaraf etayotgan va tabiiy ofatdan oldingi darajadan ham yaxshiroq natijalarga erishayotgan hudud.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dypYUthGjGQ" title="Adiyaman zilzila oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatayotgan shahar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
B.Xudoyberdiyev, N.Mardonov, O‘zA