Adilov Bobir Behbudiyevichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ma’muriy qamoqqa olish jazosining qo‘llanilishi va ijrosini takomillashtirish” mavzusida
Adilov Bobir Behbudiyevichning 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisoslik shifri bo‘yicha “Ma’muriy qamoqqa olish jazosining qo‘llanilishi va ijrosini takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 3-may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 742012, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, akademik Ch.Abdirova ko‘chasi № 1.