Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
12:30 / 2016-10-24

Malayziyaning Penang shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimiz vakili Adhamjon Ergashev ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Malayziyaning Penang shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimiz vakili Adhamjon Ergashev ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz vazni 62 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi dast ko‘tarish bahsida 125 kilogramm shtangani o‘ziga bo‘ysindirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda 155 kilogramm natija bilan kumush medal sohibiga aylandi. Ikkikurash yakuniga ko‘ra 280 kilogramm natijani qayd etgan polvonimiz birinchi o‘rinni egalladi.