Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adaptiv sportda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida muhim qadam
15:16 / 2025-12-03

Sport vazirligida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir nafaqat bayramona xarakterga ega bo‘ldi, balki adaptiv sport sohasidagi muhim masalalarni muhokama qilish va mutaxassislarni zamonaviy o‘quv dasturlari orqali tayyorlash imkoniyatini ham berdi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun imkoniyatlar yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash eng asosiy vazifa ekanini qayd etdi.

Tadbir davomida adaptiv sportda mutaxassislarni zamonaviy o‘quv dasturlari asosida malakasini oshirish va natijada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, tadbir yakunida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilindi.

N.Rahmonova,

O‘zA