Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adam Marshalek: O‘zbekistonda saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan (+video)
12:59 / 2024-10-27

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini bir qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan kelgan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari kuzatib bormoqda.

Xalqaro kuzatuvchilar Samarqand viloyatidagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarini kuzatish bilan birga viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan ham tanishmoqda.

Polshadagi “Marshalek-xolding” nashriyoti prezidenti Adam Marshalek shu paytgacha bir necha bor yurtimizdagi saylov jarayonlarida kuzatuvchi sifatida qatnashgan.

[gallery-20037]

– Kecha Toshkent shahrida bo‘lib, saylovga tayyorgarlikni kuzatgan bo‘lsam, bugun Samarqandda bu jarayonga bevosita guvoh bo‘lyapman, –deydi u.–Odamlar saylovga befarq emas, qayerga borishni, kimga ovoz berishni biladi. Ayrim davlatlarda aholi avval o‘z yumushlarini bajarib, keyin saylovga boradi. O‘zbekistonda esa saylovchilar ertalabdan uchastkalarga borib, ovoz bermoqda. Bu O‘zbekistonda saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha katta tajriba to‘planayotganidan dalolatdir. O‘zbekiston bugun jadal rivojlanmoqda, dunyo nigohida. Shuning uchun saylovni kuzatishga ham juda ko‘p davlatlar, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar kelgan. Men ham ilgari xalqaro tashkilotlar guruhi tarkibida saylov jarayonlarini kuzatganman. Bu gal mustaqil kuzatuvchi sifatida qatnashyapman. Tashkilotchilar mendan qaysi hududga bormoqchisiz, deb so‘raganlarida hech ikkilanmay Samarqandni tanladim. Chunki har gal bu qadimiy va go‘zal shaharda bo‘lganimda yangi taassurotlarga ega bo‘laman, tasavvurim kengayadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JXSbZb2K_ZE" title="Adam Marshalek: Oʻzbekistonda saylovlarni oʻtkazish boʻyicha katta tajriba toʻplangan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Adam Marshalek Samarqanddagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarini kuzatdi hamda shahardagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qildi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat, video), O‘zA muxbirlari