Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adabiyot, san’at, ma’naviyat va ma’rifatning mavqei oshmoqda
22:30 / 2023-06-03

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Unda elimiz suygan shoira Zulfiya Mo‘minova hamda taniqli san’atkorlar ishtirok etdi.

30 iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirni “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov ochib berdi. 

2022-2026 yillarga  mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida va mamlakatimizda yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ham “Madaniyat uy”lari qurilmoqda, yangi kutubxonalar ish boshlayapti.  

“Bu kabi islohotlar zamirida mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda adabiyot, san’at, ma’naviyat va ma’rifat sohalarining mavqeini yanada oshirish maqsad qilib qo‘yilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida uzoq gapirish mumkin. Men ayni damda bir narsani aytishim mumkin, o‘zbek va qoraqalpoq bir xalq va bir millat”, dedi Baxtiyor Husanov.

Tadbirda shuningdek,  farzand tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
 

O‘zA