Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adabiyot muxlislari uchun tuhfa
19:12 / 2022-07-15

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning ijodi, umuman, ijodkor bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘li, faoliyati, shoir haqidagi yorqin xotiralar adabiyot muxlislari uchun juda qimmatlidir. Shu ma’noda, yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan nashrdan chiqqan “Inson o‘zing” kitobi so‘z san’ati ixlosmandlari uchun o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu kitobda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid ilmiy maqolalar, xotiralar va izhorlar o‘rin olgan bo‘lib, ularda bugungi adabiyot, madaniyat va san’at vakillari, ulug‘ shoir muxlislari hamda yaqinlarining haroratli so‘zlari, hayrat va hayajonlariga guvoh bo‘lasiz.

Hech shubhasiz, ushbu tuhfa milliy adabiyotimiz, she’riyat muxlislariga juda manzur bo‘ladi.

Mazkur kitob adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov mas’ul muharrirligida nashr etildi.

Loyiha rahbari – Xurshid Vohidov. Tuzuvchilar – Rustam Mirvohid, Bahodir Obid, Nigora Umarova. “Inson o‘zing” kitobi “O‘zbekiston” nashriyotida 10 000 tirajda chop etildi.

O‘zA