Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adabiyot mening ham Onam kabidir
14:43 / 2022-07-26

Chiroyli joylarni kӯrganda odamning kӯngli osmon qadar yuksaladi. “Sharq yulduzi” jurnali adabiy xodimi, shoir do‘stim Muhammad Siddiqni ko‘rgani borish bahonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosi, u yerdagi shart-sharoitlar, Adiblar xiyobonining so‘limligini ko‘rib dilim yashnadi.

U yer bir uy bo‘lsa, bu uy Adabiyotnikidir!  

Ota-ona o‘z farzandiga chiroyli uy qurib bergani uchun farzand ulardan minnatdor bo‘ladi, ota-onaning esa ko‘ngli to‘ladi. Adabiyot mening ham Onam kabidir. Adabiyotga yaratib berilgan sharoitlar uchun men ham ich-ichimdan minnatdor bo‘ldim. Bu bino yaxshiliklar uchun xizmat qiladigan uydir. Bu yerni men yaxshi bir insonning toza ko‘ngli kabidir, deb tasavvur qildim. Hamma joy orasta, chiroyli. Har bir xonasining shinamligi dilingni yayratadi. Qaysi bo‘limga kirmay, choynakda issiq choy va shirinliklar tayyor ekan. Xodimlarning mehmondo‘stligiga esa qoyil qolmay iloj yo‘q. 

Bu binoda “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka”, “Jahon adabiyoti” va “Yoshlik” jurnallari tahririyati ham joylashgan ekan. Bu jurnallarning bosh muharrirlari men kabi adabiyot shaydosini katta bir rahbarni kutib olgandek qarshi oldilar. 

Ijodkor do‘stlar menga bir dunyo kitob sovg‘a qildilar. Yozuvchilar uyushmasining ikki paketi kitobga to‘ldi. Men barcha ijodkorlarga katta rahmat, deyman. 

Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi, bog‘i, ijodkorlarning samimiyligi odamni hayajonga tӯldirib, yashash zavqini yanada oshirib yuborar darajada edi. Barchalariga salomatlik tilab qolaman.  

O‘shga kelsangiz, mehmonim bo‘ling. Adabiyotning oddiygina muxlisiga ko‘rsatgan hurmatlaringizdan Olloh rozi bo‘lsin. 

Xullas, yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni ko‘rib, adabiyotning endi yayraydigan kunlari kelibdi, u endi yuksaladi va yanada go‘zallashadi, deb o‘yladim. U eski chit ko‘ylak ichida ham suluv edi, endi esa shohona libosda malikalardek mag‘rur va dunyoni o‘ziga qarata olar darajada bo‘ladi. Yozuvchilar uyushmasi va jurnallar tahririyati xonalaridagi qulaylikni kӯrib aqling shoshadi-ya. Shunchalik sharoit yaratib beribdi, hay-hay, ko‘z tegmasin-ey. Havasdaman!!! 

Farida Abduraimova,  
Qirg‘iziston Respublikasi