French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori ma’lum bo‘ldi
19:21 / 2021-10-07

Adabiyot bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofotiga Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan tanzaniyalik adib Abdulrazzoq Gurna loyiq ko‘rildi. Bu haqda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi ma’lum qilgan.

Gurna ushbu mukofotga "mustamlakachilik oqibatlari va madaniyatlar va qit’alar o‘rtasida yo‘qolib borayotgan qochqinlar taqdirini murosasiz tadqiq qilgani uchun" loyiq ko‘rildi, deyiladi xabarda.

Abdulrazzoq Gurna 1948 yilda Zanzibar orolida kelib chiqishi arab bo‘lgan musulmon oilasida tug‘ilgan. Yigirma yoshida Buyuk Britaniyaga kelgan va Kent universitetida doktorlik ishini himoya qilgan. Hozir u ushbu ilm dargohida ingliz tili kafedrasida ishlaydi.

Uning jami o‘nta kitobi chiqqan bo‘lib, shulardan eng mashhuri "Jannat" (1994) va "Dengizda" (2001), deb nomlangan.

Sovrindorlar diplom, oltin medal va pul mukofoti oladi. Bu yil pul mukofoti o‘n million shved kronasini (taxminan 1,2 million dollar) tashkil etmoqda.