Adabiy janrlarning marosimiy asoslari: sharq va g‘arb an’analarining qiyosiy tahlili
O‘g‘iloy Ozodqul qizi AHMADOVA tayanch doktorant Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada adabiy janrlarning shakllanishida diniy marosimlar, urf-odatlar va rasm-rusumlarning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Ayniqsa, turkiy xalqlar, xususan o‘zbek xalqining og‘zaki va yozma adabiyotida uchraydigan janrlar – munojot, na’t, marsiya, qasida, madhiya kabi shakllarning diniy-marosimiy ildizlari o‘rganilgan. Bu janrlarning nafaqat estetik va badiiy funksiyasi, balki ularning diniy e’tiqod, ijtimoiy ong va marosimiy amaliyotlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: ritual, marosim, adabiy janr, din, munojot, og‘zaki ijod, o‘zbek adabiyoti, janr antropologiyasi, diniy amaliyot.