English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“ACWA Power” va O‘zbekiston tennis federatsiyasi yangi ijtimoiy loyihani boshladi
16:19 / 2025-10-27

O‘zbekistonda keksalar orasida kuchayib borayotgan yolg‘izlik muammosini kamaytirish hamda avlodlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash maqsadida yangi ijtimoiy tashabbus — “Generations United Tennis Series” dasturi ishga tushirildi.

Dasturning ilk tadbiri  Toshkent shahridagi “Matonat” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda turli yosh va malakadagi qariyb 40 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tadbir doirasida juftlik bellashuvlari doira tizimida o‘tkazilib, ustozlar rahbarligida mahorat saboqlari tashkil etildi.

Tashabbusning asosiy maqsadi — sport vositasida avlodlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashdan iborat. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yolg‘izlik keksalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, depressiya hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Shu bois jamoaviy sport tadbirlari ularning hayot sifatini yaxshilaydi va ruhiy barqarorlikni ta’minlaydi.

Tadbirda O‘zbekistonning faxriy tennischilari — Samuk Abidov va Yuriy Kolesnichenko ishtirokchilar uchun mahorat darslarini o‘tkazdi.

Loyiha "ACWA Power" tashabbusi bilan O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida yoshlar (13+), kattalar (25+) va keksalar (50+) birgalikda kortga chiqdi. Bellashuvlarda asosiy maqsad raqobat emas, balki muloqot, do‘stona muhit va o‘zaro tajriba almashish bo‘ldi.

Dastlabki tadbir muvaffaqiyatli yakunlangach, tashkilotchilar seriyani davom ettirishni rejalashtirmoqda. Keyingi bosqich 2026 yilning boshida o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA