“Abu Rayhon Beruniy” romanida muallif nutqidagi uslubiy o‘ziga xoslikni tadqiq etish masalasi
Rahmatilla Eshpo‘latovich NORBEKOV tayanch doktorant Chirchiq davlat pedagogika instituti Chirchiq, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada “Abu Rayhon Beruniy” romanida muallif nutqidagi uslubiy o‘ziga xoslikni tadqiq etish masalasi o‘rganilgan. Yozuvchi mushodalaridagi uslubning eng nozik qirralari aks etishi, romandagi falsafiylik, psixologizm, tahlil va talqin kabi jihatlar tahlil qilingan. Asar muallifi bilan bog‘liq jarayon, tarixiy prinsipga qat’iy amal qilish tamoyili, uslubining asosiy xususiyati, obrazlarga munosabat va yondashuvning individualligiga ahamiyat qaratilgan.
Tayanch so‘zlar: tamoyil, davr va ijodkor, tarixiylik prinsipi, hayotiy material, muallif uslubi, badiiy psixologizm.