Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etiladi
13:30 / 2023-08-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO - O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro darajada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, sun’iy idrok sohasida odob-axloq, inklyuzivlik va madaniy xilma-xillikni rag‘batlantirish, O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 avgustdagi "Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida"gi PQ-361-son qaroriga muvofiq, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO - O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etiladi.

Prezident qarori bilan Parij shahridagi (Fransiya) YUNESKO bosh qarorgohida 2023 yil 4-8 sentyabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi. 

Ko‘rgazmada taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar nusxalaridan iborat maxsus katalog ingliz va o‘zbek tillarida chop etiladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining konsert dasturi tashkil etiladi. 

                                                                                 O‘zA