“Abu Dhabi Grand Slam – 2025” turnirida bugun to‘rt vakilimiz kurashadi
Birlashgan Arab Amirliklarinig Abu-Dabi shahrida mukofot jamg‘armasi 154 ming yevroni tashkil etuvchi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa start oldi. Unda dunyoning 52 davlatidan tashrif buyurgan 373 nafar (221 erkak, 152 ayol) polvon ishtirok etmoqda.
Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 10 nafar dzyudochi bilan ishtirok etmoqda. Musobaqaning bugungi bellashuvlarida erkaklar −60, −66 kg, ayollar −48, −52, −57 kg. vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi.
Dastlabki kun O‘zbekiston ayollar terma jamoasining quyidagi to‘rt nafar vakili bahslarga kiradi:
−48 kg: Laziza Haydarova — Amber Gersxes (Niderlandiya)
−52 kg: Sug‘diyona Rafkatova — Roza Dertyash (Vengriya),
Muxayyo Ahmatova — Yuna Gerasimova (Rossiya)
−57 kg: Shukurjon Aminova — Ganxuyag Enxjin (Mo‘g‘uliston)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA