Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abu-Dabidagi muzokaralar natijasiz tugadi
15:01 / 2026-01-25

Abu-Dabida AQSH vositachiligidagi Ukraina va Rossiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. Asosiy natija tomonlar o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatildi, lekin aniq kelishuvlarga erishilmadi, deb xabar berdi DW agentligi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytishicha, bu uzoq vaqtdan beri kutilgan ilk uchtomonlama muzokara. Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbatlar konstruktiv bo‘lgan va asosiy e’tibor urushni qanday yakunlash mumkinligiga qaratilgan. 

Muzokaralar vaqtida Rossiya Ukrainaga navbatdagi kuchli raketa va dron hujumini amalga oshirdi. Ukrainalik siyosatchilar bu voqeadan keyin Rossiyani tinchlikka tayyor emaslikda ayblab, sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.

Ukrainalik ekspert Anna Shelestning fikricha, bu uchrashuv aniq qarorlar chiqarmagan bo‘lsa ham, muzokaralar dinamikasi o‘zgarganini ko‘rsatdi. Ilk bor AQSH va Rossiya vakillari Ukraina bilan bir stol atrofida o‘tirdi. Bu AQSHga Rossiyaning haqiqiy pozitsiyasini yaxshiroq tushunish imkonini beradi. 

Boshqa ekspert Volodimir Gorbach esa bu jarayonni ko‘proq ko‘zbo‘yamachilik, deb hisoblaydi. U “Tramp rejasi” deb atalgan taklifni amalga oshmasligini, eng ko‘pi bilan ayrim texnik kelishuvlargagina erishish mumkinligini bildirdi. 

Ukrainalik ekspertlarning umumiy xulosasi sifatida shuni aytish mumkinki, hozircha bu haqiqiy tinchlik muzokarasi emas, balki diplomatik jarayonning boshlanishi. Ukraina tinchlikka qarshi emas, lekin urush davom etayotgan bir paytda real kelishuv bo‘lishiga ishonmaydi. Rossiya pozitsiyasida esa, hozirgi muzokaralar jarayonida o‘z shartlarini qabul qildirishga urinish kuzatiladi. 

Xullas, Birlashgan Arab Amirliklarida uch tomonlama muzokaralar yakunlandi. Muzokaralardan keyin delegatsiyalar tarqaldi. Endi har bir tomon Abu-Dabida muhokama qilingan masalalarni o‘z yetakchilari va hukumat a’zolari bilan kelishib oladi. Keyin esa, ehtimol, kelasi hafta yana muzokaralar stoliga qaytishlari mumkin.

Bu haqda Ukraina prezidenti Володимир Zelenskiy ma’lum qildi.

Kenja Bekjonov, O‘zA