Hamkorlarimiz sahifalarida
Global tarmog‘i bilan mashhur Nyu-York universiteti Abu-Dabi (NYUAD) tadqiqotchisi Dimitra Atri Mars atlasini arab tilida yaratdi. “Umid” yoki “Al-Amal” nomi bilan tanilgan BAA missiyasi tomonidan yig‘ilgan ma’lumot asosida tayyorlangan mazkur atlas BAAning arab tilida so‘zlashuvchi aholisi uchun mo‘ljallangan.
“Mars atlasi” loyihasi sayyora yuzasini xaritaga tushirish uchun “Umid” zondi tomonidan yaratilgan turli xil tasvirlarni birlashtiradi. Natijada sayyoraning yaxlit ko‘rinishi va bir paytlar Yerga juda o‘xshash sharoitga ega bo‘lgan ajoyib tasvirlar joy olgan.

Bunga erishish uchun Dimitra Atri va uning jamoasi orbital bortdagi uchta asbobdan birida kuzatuv ma’lumotini qayta ishlamoqda. Ayni jarayonda bir Mars yili (taxminan ikki Yer yiliga teng) davomida sayyora qanday o‘zgarganini kuzatish mumkin. “Umid” zondining yangi ma’lumoti paydo bo‘lishi bilan Atlasga qo‘shimcha ma’lumot kiritib boriladi.
Ushbu ma’lumotlar sayyoramiz atmosferasi so‘nggi to‘rt milliard yil davomida sovib, qurib ketishiga sabab bo‘lgan yupqalashish jarayonini xalqaro ilmiy hamjamiyat batafsilroq tushunishi imkonini beradi. Atri, shuningdek, uch oy ichida to‘plangan ma’lumotlar Mars atmosferasi eroziyasi bilan bog‘liq ba’zi muhim ilmiy savollarga javob topish uchun ishlatilishini bashorat qilmoqda.
Muharrama Pirmatova, O‘zA