Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi
12:34 / 2022-07-16

Davlat test markazi axborot xizmati ma’lum qilishicha, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022 yil 27 iyulga qadar (27 iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17 iyulga qadar (17 iyul kuni ham) amalga oshiriladi. 

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishi mumkin. 

O‘zA