Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abituriyentlarga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi
14:55 / 2024-07-19

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni kunlarda vazirlikning Murojaatlar markazi (71-230-64-64) va Ishonch raqami (1006) orqali turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Qayd etish kerakki, Hukumatning 261-son qaroriga muvofiq, test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emas.  

Shuningdek, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.  

Shu bois, abituriyentlar test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishi lozim.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA