Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abituriyentlar uchun to‘lov qilishning oxirgi muddati e’lon qilindi
11:52 / 2023-07-21

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 million 18 ming 7 nafarni tashkil etdi. Shundan, 642 ming 325 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 375 ming 682 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.  

Jumladan, ta’lim tili bo‘yicha o‘zbek tiliga — 890 ming 304 nafar, rus tiliga — 95 ming 456 nafar, qoraqalpoq tiliga — 29 ming 917 nafar, boshqa tillarga — 2 ming 330 nafar abituriyent topshirgan.  

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):  

Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;  

Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;  

Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;  

Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.  

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):  

O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;  

Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;  

Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;  

Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;  

Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.  

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:  

Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;  

Samarqand viloyati — 114 180 nafar;  

Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;  

Toshkent viloyati — 89 603 nafar;  

Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.  

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, ammo hali to‘lovni amalga oshirolmagan abituriyentlar bugun, soat 23:59 gacha to‘lov qilishlari mumkin.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA