Abituriyentlar uchun test sinovlari 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin
Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun test sinovlari 8 avgustdan boshlanishi, imtihonlar 10 kundan 13 kungacha davom etishi rejalashtirilgan.
Joriy o‘quv yili uchun test sinovlari hozirgi vaqtda loyiha sifatida tegishli tashkilotga kiritilgan. Ya’ni OO‘Yuga kirish test imtihonlarini 8 avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.
Imtihonlar 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin. Imtihon vaqtlari esa o‘tgan yilgi tajribalardan kelib chiqqan holda 1-smena ertalab soat 7:00dan 10:00gacha va ikkinchi smena kechki 19:00dan 22:00gacha o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu takliflar Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng DTMning rasmiy sahifalari orqali ma’lum qilinadi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA