Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abituriyent diqqatiga: o‘quv muassasasini tanlashda adashmang
12:44 / 2024-06-22

Nufuzli, innovatsion, zamonaviy institutda tahsil olishni xohlaysizmi? Unda hech ikkilanmay Jizzax shahrida joylashgan Jizzax politexnika institutini tanlang.

Institutda haqiqiy yetakchilar hamda zamon talabiga mos mutaxassislar tayyorlanadi.  Bu yerda 10 ming 230 nafar talabaga 528 nafar professor-o‘qituvchilar saboq bermoqda. To‘rtta o‘quv binolarining umumiy quvvati 3 ming 620 tani tashkil etadi.  

Axborot texnologiyalari bilan jihozlangan shinam o‘quv xonalari talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash kafolatidir.

Institutda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli mavjud. E’tiborlisi, ta’lim dargohida do‘stona muhit hukmron. Bir qator ko‘rik-tanlovlar va nomdor stipendiyalar, nafaqat mahalliy mutaxassislar balki xorijlik professorlardan ta’lim olish imkoniyati bor.

Institut bitiruvchilari - hozirda turli sohalarda, davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Vaqtdan unumli foydalaning. Fursatni boy bermang.

Jizzax politexnika instituti – eng to‘g‘ri tanlov.

<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/ixH0vE4aElg" title="Abituriyent diqqatiga: oʻquv muassasasini tanlashda adashmang" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>