English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdusattorov va Yoqubboyev “Prague International Chess Festival 2026” turnirida qatnashmoqda
13:13 / 2026-02-25

Bugun, 25-fevral kuni Chexiyaning Praga shahrida shaxmat bo‘yicha “Prague International Chess Festival 2026” xalqaro turniri boshlanadi.

“Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o‘tadigan nufuzli musobaqaning “Masters” guruhida Vinsent Keymer (Germaniya), Gukesh Dommaraju (Hindiston), Parxam Magsudlu (Eron), Jorden van Forest (Niderlandiya), Aravindx Chitambaram (Hindiston), David Anton (Ispaniya), Xans Nimann (AQSH), David Navara (Chexiya) kabi nomdorlar qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev g‘oliblik uchun dona suradi.

Turnirga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, bugun o‘tkaziladigan 1-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Aravindx Chitambaram bilan Nodirbek Yoqubboyev ham qora donalarda Anton David bilan kurash olib boradi.

Aytish lozim, ushbu nufuzli turnirning 2024-yilgi musobaqasi “Masters” guruhida N.Abdusattorov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, N.Yoqubboyev 2025-yilgi musobaqaning “Challengers” guruhida 1-o‘rinni egallagan.

9 ta turdan iborat bo‘lgan turnir 6-martga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA