French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdusattorov va Sindorov Veyk-an-Zeyeda kuchlilar bilan kurashmoqda
10:27 / 2026-01-20

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida davom etayotgan an’anaviy “Tata Steel Chess-2026” turnirining “Masters" guruhida ortda qolgan 3-tur uchrashuvlaridan keyin birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

2025 yilgi jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov 6 nafar ishtirokchi singari 1,5 ochko bilan 6-11-pog‘onalarda harakatlanmoqda.

Bugun, 20 yanvar kuni nufuzli musobaqaning 4-turida Abdusattorov oq donalarda chexiyalik Tay Dai Van Nguenga, Sindorov esa qora donalarda 2-o‘rinda borayotgan germaniyalik Mattias Blubaumga qarshi dona suradi.

Kecha o‘tkazilgan 3-turda Nodirbek qora donalarda hindistonlik Aravindh Chitambaram, Javohir oq donalarda sloveniyalik Vladimir Fedoseyev bilan durangga erishdi.

Birinchi va ikkinchi turlarda mag‘lubiyatga uchragan “Tata Steel Chess-2026” ning o‘tgan yilgi g‘olibi Rameshbabu Praggnanandha bugun Abdusattorovga ro‘baro‘ keladigan Tay Dai Van Nguen bilan murosa yo‘lini tanlab, 0,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 13 ta turdan iborat Veyk-an-Zeye bahslari 1 fevralga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA