Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdusattorov “Norway Chess“ turnirida Gukesh bilan kuch sinashadi
18:31 / 2023-06-04

Xabar berganimizdek, Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Norway Chess“ turnirida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda ozarbayjonlik Shahriyor Mamediyarov bilan bahs olib bordi.

Asosiy bahsda durang natija qayd etildi. Armagedon, ya’ni g‘olib nomini aniqlab beruvchi qo‘shimcha tezkor partiyada tajribali Mamediyarovning qo‘li baland keldi.

4-turda 1 ochkoga ega bo‘lgan Abdusattorov 5-turni oq donalarda hindistonlik Gukeshga qarshi o‘tkazadi. 
Aytish lozim, Gukesh kecha 4-turning asosiy partiyasida Magnus Karlsen bilan durang o‘ynadi. Biroq, armagedon bahsida u ham mag‘lubiyatga uchradi.  
Xalqaro turnirning 5-tur oldidan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 5 ochkoga ega bo‘lgan holda 7-o‘rindan joy olib turibdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA