Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdusattorov – Karlsen “dueli” dunyo shaxmat ishqibozlari e’tiborida
09:58 / 2024-02-14

Kecha Germaniyaning Gamburg shahrida mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSH dollari bo‘lgan "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turnirining yarim final hamda 5-8-o‘rinlarga da’vogarlar o‘rtasidagi partiyalar bo‘lib o‘tdi.

Final ostonasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov qora donalarda norvegiyalik Magnus Karlsen bilan kuch sinashdi. Oq donalarda harakatlangan Karlsen o‘yinni 1:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.  

Bugun, 14 fevral kuni dunyo shaxmat ishqibozlari e’tibor markazida bo‘lgan mazkur yarim finalning 2-partiyasida Nodirbek oq donalarda Magnus Karlsenga qarshi bahs yuritadi.  

Kecha o‘tkazilgan yarim finalning ikkinchi juftligida Levon Aronyan Fabiano Karuanani mag‘lub etdi.  

Nufuzli musobaqaning 5-8-o‘rinlar uchun kechgan kurashlarida esa quyidagi natijalar qayd etildi:  

Din Lijen (Xitoy) — Alireza Firuzja (Fransiya) — 0:1  

Dommaradju Gukesh (Hindiston) — Vinsent Kaymer (Germaniya) — 0:1.  

Eslatib o‘tamiz, 16 fevralga qadar davom etadigan Fisher shaxmati bo‘yicha o‘tkazilayotgan turnirda 1-o‘rin 60 ming, 2-o‘rin 40 ming, 3-o‘rin 30 ming, 4-o‘rin 20 ming, 5-o‘rin 15 ming, 6-o‘rin 12 ming, 7-o‘rin 10 ming hamda 8-o‘rinda qolgan shaxmatchi 8 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.  

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA