Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdusattorov – Firuzja bahsi FIDE reytingining TOP-10ligiga ta’sir ko‘rsatadimi?
15:45 / 2025-12-04

Bugun, 4 dekabr kuni Londondagi “Emirates Stadium” majmuasida davom etayotgan “XTX Markets London Chess Classic" turnirining 8-turida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda fransiyalik Alireza Firuzja bilan kuch sinashadi.

Mukofot jamg‘armasi 50 ming funt sterlingdan iborat mazkur turnirda Abdusattorovning 1-o‘rinni egallashi FIDE reytingida TOP-10 likka qaytishi masalasida muhim sanaladi.

Aytish lozim, dekabr oyi uchun e’lon qilingan FIDE reytingida hozirda norvegiyalik Magnus Karlsen yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Xikaru Nakamura (AQSH), Fabiano Karuana (AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Arjun Erigaysi (Hindiston), Aleriza Firuzja (Fransiya), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) va Anish Giri (Niderlandiya) TOP-10 likdan joy egalladi.

Hindistonda o‘tgan FIDE jahon kubogidagi natijasi orqali Nodirbek Abdusattorov 18,4 ochko yo‘qotgan edi. “XTX Markets London Chess Classic" turniridagi ketma-ket 6 g‘alabasidan so‘ng reytingini 19.8 ochkoga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Agar hamyurtimiz bugun Firuzjani mag‘lub etsa va muddatidan avval London musobaqasining g‘olibligiga erishsa, dunyo reytingida yana TOP-10 likka qo‘shilishi ehtimoldan yiroq bo‘lmaydi.

FIDEning dekabr oyi uchun e’lon qilgan yangilangan reytingida shaxmatchilarimizdan Javohir Sindorov(2726) 22, Nodirbek Yoqubboyev (2691) 38,  Rustam Qosimjonov(2671), Shamsiddin Vohidov (2641) 85-o‘rinni band etdi.

Shaxmatchi qizlarimizdan Afro‘za Hamdamova shaxmatchi ayollar reytingida 41, Gulruhbegim Tohirjonova esa 69-pog‘onaga egalik qildi.

Eslatib o‘tamiz, N.Abdusattorov 6,5 ochko bilan yetakchilik qilayotgan “XTX Markets London Chess Classic" turniri 5 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA