French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdusattorov FIDE reytingida TOP-10 talikka ko‘tarila oladimi?
16:10 / 2025-12-05

Londonda o‘tyotgan “XTX Markets London Chess Classic" turnirida Fransiya vakili Alireza Firuzja bilan durangga erishgan holda muddatidan oldin g‘oliblikka erishgan Abdusattorov FIDE reytingining TOP-10 taligiga ko‘tarila oladimi?

Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassisi Baxtiyor Jumayev quyidagicha fikr bildirdi:

– Darhaqiqat, Xalqaro shaxmat federatsiyasi reytingining TOP-10 taligidan qaysi shaxmatchilar joy egallashi o‘tkazilayotgan nufuzli turnirlardagi natijalarga qarab belgilanadi. Bevosita Nodirbek Abdusattorovning ushbu ko‘rsatkichga ega bo‘lishi borasida Londonda o‘tayotgan turnirning ahamiyati beqiyos. Musobaqa davomida 6 ta o‘yinni g‘alaba bilan yakunlashi ortidan mahoratli shaxmatchimiz 17-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarilishga sharoit yaratdi.

FIDE jahon kubogidagi natijasi orqali Nodirbek Abdusattorov 18,4 ochko yo‘qotgandi. “XTX Markets London Chess Classic" turniridagi ketma-ket g‘alabasidan keyin reytingini 19.8 ochkoga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Kuni kecha London musobaqasida dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Firuzja bilan g‘alabaga teng durangga erishishi Abdusattorovning natijalarini yanada yaxshilashi tayin.

O‘ylashimcha, kelgusi yilning yanvar oyida e’lon qilinadigan FIDE reytingida Nodirbek TOP-10 talikdan joy olishi mumkin bo‘ladi. Reytingning biz o‘ylagan holatga kelishi kuchli o‘ntalikda borayotgan grossmeysterlarning dekabr oyi davomidagi nufuzli musobaqalardagi ishtirokiga bog‘liqligini ham unutmaslik kerak.

T.Ro‘ziyev, O‘zA