Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdusattorov AQSHda, Yoqubboyev Polsha turnirida ishtirok etmoqda
10:11 / 2025-08-20

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Sinquefield Cup-2025” xalqaro turnirining ortda qolgan 2 turida Nodirbek Abdusattorovga omad kulib boqmagan bo‘lsa, Polshada o‘tayotgan “61st Rubinstein Memorial-2025” turnirida dona surayotgan Nodirbek Yoqubboyev 2 ta durang, 2 ta g‘alaba bilan musobaqada peshqadamlik qilmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollaridan iborat Sent-Luis  turnirining kecha o‘tkazilgan 2-turida Nodirbek Abdusattorov 1-turdagi xatoliklarni boshqacha tarzda takrorlagan holda amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 20 avgust kuni o‘tadigan 3-tur o‘yinida Abdusattorov oq donalarda Rameshbabu Praggnanadxa qarshiligini yengishga harakat qiladi.

Polshada o‘tayotgan “61st Rubinstein Memorial-2025” turnirining kecha tashkil etilgan 4-tur bahsida Nodirbek Yoqubboyev oq donalarda hindistonlik Aravindx Chitambaram bilan murosa yo‘lini tanladi va 3 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, musobaqa peshqadamligini saqlab qoldi.

Bugun tashkil etiladigan 5-tur o‘yinida Yoqubboyev chexiyalik Devid Navara bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, har ikki mamlakatda o‘tayotgan nufuzli turnirlar 9 ta turdan iborat bo‘lib, "Rubinstein Memorial-2025" o‘yinlari 25 avgustgacha, “Sinquefield Cup-2025” musobaqalari 29 avgustga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA