Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdurashid bobo nishonlari yana bittaga ko‘paydi
09:08 / 2025-08-25

FOTOREPORTAJ

  O‘zbek kurashi haqida gap ketganda Abdurashid bobo Mirzayevni eslamaslikning iloji yo‘q. Boisi, u kishining faoliyati, hayotda bosgan yo‘li, ibratli hayoti faqat kurash bilan bog‘liq.

         85 yoshni qarshilagan polvon bobo 5 yoshidan boshlab, kurash bilan shug‘ullanib keladi. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Ko‘ktosh qishlog‘ida tavallud topgan qahramonimiz 2 marta Jahon, 14 marta mamlakat chempioni!

          Abdurashid boboning tinch o‘tirgan paytini uchratish qiyin. Hamisha harakatda, nima bilandir band bo‘ladi. Ayniqsa, ijod qilib, charchamaydi. «Kurashning qayta tug‘ilishi» (2003 yil), «Nortoji polvon» (2004 yil), «Qadr» (2009 yil), «Kurashlarda toblangan umr» (2011 yil), «Vatan muhabbati, kurash siyrati» (2025 yil) kabi kitoblar muallifi.

         Abdurashid Mirzayev «Xalq ta’limi a’lochisi», «Xalqaro toifadagi sport ustasi», «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi». 2019 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» unvoniga sazovor bo‘lgan baxtli insonlardan biridir.

[gallery-24935]

         Kuni kecha Abdurashid Mirzayev ko‘ksini yana bir ko‘krak nishoni  bezadi. «Fidoyi vatanparvar» ko‘krak nishonini «Vatan» xayriya jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov tantanali ravishda topshirdi.

O‘zA fotomuxbiri

Muhammad AMIN olgan suratlar.