Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov — YeCHLda eng tezkorlar safida
11:16 / 2026-02-17

Futbol bo‘yicha UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumida qayd etilgan eng yuqori tezlik ko‘rsatkichlari orasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov kuchli uchlikdan joy oldi.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» safida to‘p surayotgan hamyurtimiz mavsum davomida 34,7 km/soat tezlikka chiqqan. Ushbu natija musobaqaning eng tezkor futbolchilari ro‘yxatida uchinchi pog‘onani egallash imkonini berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy mavsumdagi eng yuqori tezlikni «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe qayd etgan — 34,9 km/soat. Ikkinchi o‘rin esa «Yuventus» forvardi Dushan Vlaxovich hisobiga yozildi. Uning eng yuqori tezligi 34,8 km/soatni tashkil etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA