Abduqodir Husanov Osiyoning ramziy jamoasi tarkibidan joy oldi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Osiyoning eng kuchli futbolchilaridan iborat ramziy tarkibni e’lon qildi.
Quvonarlisi, mazkur tarkibdan O‘zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov o‘rin oldi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Osiyoning eng yaxshilari jamoasi 3–4–3 taktik sxemasi asosida tuzilgan.

Unga ko‘ra, Janubiy Koreya terma jamoasining 3 nafar a’zosi – Son Xyon Min, Li Kan In va Kim Min Je himoyachilar safida qayd etildi. Yaponiyadan esa Takefusa Kubo, Kayshu Sano, Ritsu Doan, Reo Xatate hamda Zion Suzuki kabi futbolchilar joy olgan. Shuningdek, Saudiya Arabistonining ikki charm to‘p ustasi Salem Al-Davsari va Muhammad Kanno tarkibga kiritilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA