Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov — Osiyoning eng qimmat himoyachisi
17:13 / 2025-12-26

Futbol bo‘yicha turli statistik ma’lumotlarni berishga ixtisoslashgan “Transfermarkt” portali Osiyo qit’asidan eng qimmat markaziy himoyachilar reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, hozirda ushbu pozitsiyada qit’amizning eng qimmat futbolchisi “Manchester Siti” klubi a’zosi, hamyurtimiz Abduqodir Husanov hisoblanadi. Metin himoyachimizning transfer bahosi 35 million yevroga teng. Ikkinchi o‘rindan Janubiy Koreya terma jamoasi vakili Kim Min Je joy olgan bo‘lib, uning qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi. Kuchli uchlikni Yaponiya futbolchisi Xiroki Ito yakunlab bermoqda — 18 million yevro.

Quyida Osiyodagi eng qimmat markaziy himoyachilari kuchli 5 taligi bilan tanishish mumkin (2025 yil 25 dekabr holatiga ko‘ra):

1. Abduqodir Husanov — 35 million yevro

2. Kim Min Je — 25 million yevro

3. Xiroki Ito — 18 million yevro

4. Jey Idzes — 10 million yevro

5. Suyoshi Vatanabe — 10 million yevro

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA