French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov — Osiyoning eng qimmat himoyachisi!
15:52 / 2025-10-27

Dunyoda futbol bo‘yicha transferlarga ixtisoslashgan “transfermarkt” portali Bundesligada faoliyat olib borayotgan futbolchilar narxini yangiladi. Natijada “Bavariya”ning Janubiy koreyalik himoyachisi Kim Min Je qiymati 40 million yevrodan 32 million yevroga tushdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, “Manchester Siti” klubida to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat himoyachisiga aylandi. Abduqodir hozirda “Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra 35 million yevroga baholanmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida: Abduqodir Husanov Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida transfer narxi eng qimmat o‘yinchi bo‘lib turibdi. Shuni ta’kidlash lozimki, Makaziy Osiyo mintaqasi tarixida hali hech qaysi charm to‘p ustasi bu qadar yuqori transfer narxiga ega bo‘lmagan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri