English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi
10:45 / 2026-02-06

“Transfermarkt” portali barcha konfederatsiyalar bo‘yicha futbolchilarning transfer qiymatlari aks ettirilgan navbatdagi reytingni e’lon qildi. Unda har bir konfederatsiyadagi eng qimmat futbolchilar saralab olingan.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu reytingda Osiyo futbol konfederatsiyasining (AFC) eng qimmat futbolchisi sifatida “Manchester Siti” klubi safida munosib o‘yin ko‘rsatayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov e’tirof etildi.

21 yoshli futbolchimizning bugungi kundagi transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bugunga qadar o‘zbek futboli olamida bunday yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan futbolchi bo‘lmagan. Shu bois ham Abduqodir Husanovning bugungi kundagi ko‘rsatkichlari sportimiz tarixida oltin harflar bilan yozilmoqda.  

Qayd etish joiz, ushbu ro‘yxatda Abduqodir Husanovdan keyin ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan yaponiyalik futbolchilar — Kaoru Mitoma va Takefusa Kubo joy olgan.

Shuningdek, Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) bo‘yicha marokashlik Ashraf Hakimi (80 million yevro), CONCACAF hududida amerikalik Kristian Pulishich (60 million yevro), Janubiy Amerikada Vinisius Junior (150 million yevro) eng qimmat futbolchi sifatida qayd etilgan. Yevropa (UEFA) mamlakatlari orasida esa birdaniga uch nafar futbolchi — ispaniyalik Lamin Yamal, norvegiyalik Erling Holand hamda fransiyalik Kilian Mbappe 200 million yevro bilan eng yuqori transfer qiymatiga ega o‘yinchilar sifatida birinchi o‘rinni bo‘lishib olgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA