Xabaringiz bor, Angliya premer ligasining 5-turida "Manchester Siti" "Arsenal"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov jarohat olgan edi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan "Xaddersfild"ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Husanovning jarohati haqida ma’lumot berdi:
– Aytish mumkinki, Abduqodir Husanov chap qanot himoyasidan tashqari himoyaning istalgan chizig‘ida o‘ynay oladi. U o‘yinni his qiladi, ishonchli, barqaror va jismoniy jihatdan ayni kuchga to‘lgan Kayl Uokerga o‘xshaydi. Abduqodir aql bovar qilmas darajada diqqatini jamlagan, o‘rganishga chanqoq. Bizda mavjud tizimga tez moslashmoqda. O‘ylaymanki, uni navbatdagi ko‘p yillar davomida eng yaxshi xarid sifatida his qilib yashaymiz. Jarohati haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, u keyingi uchta o‘yinda maydonga tusha olmaydi, — dedi Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida: “Shaharliklar” "Xaddersfild", 27 sentyabr kuni "Byornli" (APL) va 2 oktyabr kuni "Monako" (Chempionlar ligasi)ga qarshi o‘ynaydi. Afsuski, Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA