Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov “MS” tarkibida porlamoqda
10:16 / 2026-01-25

Angliya Premer ligasining 23-turi doirasidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Vulverxempton” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Omar Marmush hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 2-daqiqasida Semeno “MS” klubining ikkinchi goliga mualliflik qildi. O‘yinda hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. Bu g‘alabadan so‘ng, Pep Gvardiola qo‘l ostidagi jamoa ochkolari 46 taga yetdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etmoqda. 

Mazkur o‘yinda mahoratli himoyachimiz Abduqodir Husanovning to‘p uzatmalari aniqligi 96 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1 marta golli vaziyat yaratishda ishtirok etdi. So‘nggi, himoyachi sifatida bir marotaba to‘pni olib qo‘ydi va raqib uzatmalarining 4 tasini o‘ziga bo‘ysundirdi. Uning ushbu harakatlari “Sofascore” nashri tomonidan 7,3 deb baholandi.

Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Siti" navbatdagi uchrashuvini 1 fevral kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA