“Manchester Siti” klubi Angliya Premer-ligasining uchinchi turida “Brayton” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Mazkur bahsda “shaharliklar”lar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Biz uchun quvonarlisi, Abduqodir Husanov o‘yinda 85-daqiqa harakatlandi va birorta xatoga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Ikkinchi to‘p, o‘zbek himoyachisining kichik jarohat sabab, zaxiraga olinganidan keyin kiritilgani “MS” tarkibida Abduqodirni himoyada bosadigan o‘yinchilar yo‘qligi yana bir bor oydinlashdi.

Darvoqe, esteemedkompany.com sayti ekspertlari “Manchester Siti”ning metin himoyachisi Abduqodir Husanovning ushbu o‘yindagi harakatlarini 7.5 ballga baholadi.
Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola A.Husanov borasida o‘z fikr-mulohazalarini quyidagicha ifodaladi:
"Ikkinchi golni biz tezkor futbolchilar evaziga o‘tkazib yubordik. Raqiblar juda-juda tez harakat qildi. Balki A.Husanov golni qaytargan bo‘lardi, chunki u juda tez. Afsuski u mushaklaridan jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmasdi. Menimcha Abduqodirda hammasi joyida".
Eslatib o‘tamiz: “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining navbatdagi uchrashuvini 13 sentyabr kuni o‘z maydonida hamshaharlari “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA