Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov jahonning "Top-100" ligida Osiyoning uchinchi o‘yinchisi sifatida o‘rin oldi
15:33 / 2025-12-05

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha 2026 yilning 11 iyun kunidan 19 iyul sanasiga qadar AQSH, Kanada va Meksikada navbatdagi Jahon chempionati o‘tkaziladi.

Ushbu mundialda dunyoning 48 terma jamoasi safida 1200 nafardan ziyod eng zo‘r o‘yinchilar maydonga tushishi kutilmoqda. Dunyoga mashhur “The Athletic” nashri jahon chempionatiga yo‘llanma olgan terma jamoalar o‘yinchilari orasidan eng kuchli 100 nafar futbolchi nomi qayd etilgan reyting jadvalini tuzdi.

Quvonarlisi, ushbu reytingga O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov markaziy himoyachi sifatida 86-o‘rindan joy oldi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu Top-100 talikda hujumchi, yarim himoyachi, darvozabon va himoyachi sifatida qayd etilgan futbolchilar o‘rin olgan. Agarda faqat himoyachilar ro‘yxati saralansa, Abduqodir Husanov jadvalning 16-o‘rnida qayd etiladi.  

Darvoqe, ushbu jadvaldan Osiyo qit’asidan faqatgina 7 nafar futbolchi o‘rin oldi va ular orasida Abduqodir Husanov reytingidagi o‘rni bo‘yicha kuchli uchlikdan joy oldi.

1. Son Xyon Min (Janubiy Koreya)

– Yoshi: 33

– Pozitsiyasi: hujumchi

2. Mexdi Taremi (Eron)

– Yoshi: 33

– Pozitsiyasi: hujumchi

3. Abduqodir Husanov (O‘zbekiston)

– Yoshi: 21

– Pozitsiyasi: himoyachi

4. Kaoru Mitoma (Yaponiya)

– Yoshi: 28

– Pozitsiyasi: hujumchi

5. Takefusa Kubo (Yaponiya)

– Yoshi: 24

– Pozitsiyasi: hujumchi

6. Arda Gyuler (Turkiya)

– Yoshi: 20

– Pozitsiyasi: yarim himoyachi

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA