Abduqodir Husanov eng yaxshi o‘yinchiga aylandi
Futbol bo‘yicha Angliya Liga kubogi yarim final bosqichida "Nyukasl" va "Manchester Siti" jamoalari o‘zaro to‘qnashdi. Quvonarlisi, mazkur uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov dastlabki daqiqalardan maydonga tushib, o‘zining yorqin o‘yinini o‘tkazdi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu o‘yinda Abduqodir Husanov jami 76 marta to‘pga tegindi va 62 marotaba uzatma amalga oshirgan bo‘lib, ularning 58 tasi aniq chiqdi. Shuningdek, u 26 marta uzoq masofaga uzatmani amalga oshirdi.

Abduqodir “Sofascore” tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va 8,1 ball bilan baholandi.

Uchrashuvning 53-daqiqasida Semeno “MS” jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Cherki asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 8-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa, safarda 2:0 hisobida zafar quchgan “Manchester Siti” endi 4 fevral kuni o‘z maydonida javob o‘yinini o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA