English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov dunyoning eng tezkor futbolchilari qatorida
11:31 / 2026-01-31

UEFA matbuot xizmati e’lon qilgan Yevropa chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining eng tezkor futbolchilarining kuchli o‘nligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov nomi qayd etildi.

E’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi hamda "Real" hujumchisi Kilian Mbappe 34,9 km/s tezlik bilan yetakchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Abduqodir Husanov 34,7 km/s tezlik bilan kuchlilar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini egalladi.

Xuddi shuningdek, ushbu qatordan Portugaliya terma jamoasi a’zosi Karlos Forbs (Bryugge), Braziliya terma jamoasi a’zosi Anderson Silva (Pafos), urugvaylik Federiko Valverde (Real) AQSH vakili Rikardo Pepi (PSV), niderlandiyalik futbolchi Jeremi Frimpong (Liverpul) kabilar joy olishdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA