Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abdunabi Boyqo‘ziyev: Neki bo‘lsa ko‘ngildan yozdim (+video)
10:17 / 2025-01-14

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdunabi Boyqo‘ziyev 1954 yil 15 noyabrda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan.

Shoirning “G‘uboringni yozgayman”, “Seni izlab keldim”, “O‘zbeknavo yulduzlari”, “Judolig‘ dashti”, “Ko‘zlari daryoyim!..”, “Dilxiroj tuyg‘ular”, “Besh navo”, “Besh so‘mlik kekkayish”, “Cho‘li irog‘im” nomli she’riy, hajviy-yumoristik va publitsistik kitoblari chop etilgan.

–Ijodkor qalbi buyurganidek dunyoni tasavvur qilishi, qalbi buyurganidek yashashi kerak, – deydi Abdunabi Boyqo‘ziyev.

U qalbi buyurganidek yashayotgan shoir ekanini eng kichik to‘rtliklaridan ham bilib olish mumkin. “Neki yozdim” deb nomlangan to‘rtligida shunday deydi:

Neki yozdim,

Ko‘nglimni yozdim,

Ko‘ngillarni ko‘nglimga yozdim,

Kel, ko‘nglingni o‘qi ko‘nglimdan,

Neki bo‘lsa ko‘ngildan yozdim.

O‘zAning YouTube sahifasiga joylangan quyidagi videoda Abdunabi Boyqo‘ziyevning sara she’rlarini tinglashingiz mumkin.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/DXtEZQ4mOic?si=LIPDTCRSol4BskuY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova,  

Asliddin Alijonov (video),  

Ulug‘bek To‘xtayev(video-montaj) O‘zA